Toshkentda erkak 6 yoshli qizchaga jinsiy zo'ravonlik qilgani aytilmoqda — video(18+)

Hodisa yuzasidan sud ishlari davom etmoqda

Videodan lavha

Videodan lavha

Toshkentda erkak 6 yoshli qizchaga jinsiy zo'ravonlik qildi. Voqea 2022-yil 7-iyul kuni yuz bergan bo‘lib, hozirda sud ishi davom etmoqda, deb yozmoqda "Nemolchi.uz".

Ma'lum qilinishicha, qizaloq dugonasi bilan uy yaqinida o'ynab yurgan bo'lgan. Ular mushuk izlashgan, erkak bolalarga mushuk borligini aytib, 6 yoshli qizni ko'p qavatli uyning kirish joyiga chaqirgan.

Qizning so'zlariga ko'ra, u yerda erkak qizni quchoqlab, o'pa boshlagan. Keyin u bilan birga birinchi va ikkinchi qavatlar orasidagi zinaga chiqqan va qizga yana tegajog'lik qilgan. Qiz baqirib yordam chaqirmasligi uchun qo'li bilan uning og'zini yopib olgan.

Bu vaqtda xonadon eshigi baland ovozda yopilganini eshitgan erkak bolani kiyintirib, unga 10 gacha sanab, keyin tashqariga chiqishni aytgan va voqea joyidan ketgan.

Jabrlanuvchining onasi qizidan bo'lgan voqeani eshitadi. Qizning onasi qilgan murojaatga ko'ra, huquq-tartibot xodimlari bir kun ichida gumonlanuvchini videokameralardan topishgan.

Gumondor tushuntirish xati yozib, unda mast bo'lganini aytgan. Biroq, advokat paydo bo'lgandan so'ng, u ko'rsatmalarini o'zgartirib, tushuntirish xatida qo'rquvdan yozganini va uni yozishga majbur bo'lganini da'vo qila boshlagan.

Psixologik tekshiruv qizda jinsiy zo'ravonlikdan keyingi alomatlarga o'xshash stressni aniqlagan. Mutaxassislar ham chaqaloq haqiqatni gapirayotganini tasdiqlagan. 

Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan nomuvofiq harakatlar qilish) va 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojlarni g‘ayritabiiy shaklda majburan qondirish) bilan ayblangan. Jinoyatchi 22 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod sudida ko‘rilmoqda. Birinchi sud majlisida ayblanuvchi 129-modda bo‘yicha aybiga iqror bo‘ldi, biroq 119-modda bo‘yicha aybini tan olmadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling