Foto: IIBB matbuot xizmati
Toshkentda xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori oʻldirib ketildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 30-noyabr kuni soat taxminan 00:50 larda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi profilaktika inspektori tumanning “Gʻalaba” mahallasiga tezkor chaqiruv boʻyicha yetib borgan.
Xabarga koʻra, u xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, 30 yoshli muqaddam sudlangan fuqaro xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan.
Maʼlum qilinishicha, IIB xodimi voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam oʻldirish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qoʻlga olish choralari koʻrilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling