Foto: Bosh prokratura Departamenti
Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokratura Departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ikki fuqaro boshqa bir fuqaroga tanish-bilishlar yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga, 300 ming soʻmni plastik kartasiga oʻtkazib, 400 dollarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda bir fuqaro boshqa bir fuqaroga tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 300 dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergovga harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling