Foto: mirror.co
Ispan sport agentlari assotsiatsiyasi prezidenti Pedro Bravo “Real” vingeri Vinisius Juniordan kechirim soʻradi.
Ma'lum bo'lisicha, Bravo telekoʻrsatuvlarning birida madridliklar aʼzosining golni brazilcha raqs bilan nishonlash usulini qoralagandi.
“Ispaniyada “maymunga oʻxshama” atamasi “oʻzingni telbalardek tutma” maʼnosini anglatadi. Agar bu sizga maʼqul kelmagan boʻlsa, buning uchun uzr soʻrayman”, — degan Bravo.
22 yoshli Vinisius joriy mavsum La Ligada 6 bahsda qatnashib, 4 ta gol va 1 assist qayt etib turibdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling