Foto: Live Journal
24 nafar Afg'oniston fuqarolaridan iborat guruh Surxondaryo viloyatidagi orollardan birida, davlat chegarasini buzdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlarining Telegram-kanalida xabar berildi.
Voqea 21-avgust kuni yuz bergan. Ta'kidlanishicha, afg'onlar o'z qayiqlarida Orol Payg'ambar oroliga kelgan. Ma'lum bo'lishicha, qoidabuzarlar chegara otryadiga qarshilik ko'rsatgan.
Qayd etilishicha, bir muddat o'tgach barcha qoidabuzarlar qo'lga olingan.
Ma'lumotlarga qaraganda, ular O'zbekistonning chegara zonasida o'sadigan qizilmiya ildizini (miyonmiya) noqonuniy o'rib olish maqsadida orolga kelgan.
Xabarda aytilishicha, ayni paytda Orol Payg'ambar oroli hududi O'zbekiston chegara qo'shinlari bo‘linmalarining to‘liq nazorati ostida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling