Foto: Nodirbek Abdusattorov rasmiy kanali
“World Fischer Random Chess Championship 2022” musobaqasida yosh grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov “A” guruhida yetakchi sifatida yarim finalga yoʻl olgandi.
30-oktyabr kuni Nodirbek “V” guruhida 2-oʻrinni egallagan amerikalik Xikaru Nakamura bilan final masalasi uchun oʻyinda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Ikkinchi yarim finalda amaldagi jahon shaxmat toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen rossiyalik Yan Nepomnyashiyga magʻlub boʻldi.
Bugun, 30-noyabr kuni Nakamura va Nepomnyashiy Fischer Random yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionligi uchun dona sursa, Abdusattorov va Karlsen 3-oʻrin uchun kurashadi.
Chempionat gʻolibi 150 ming, 2-oʻrin sohibi 85 ming, 3-oʻrindan joy olgan shaxmatchi 55 ming, 4-oʻrin bilan kifoyalangan shaxmatchi 40 ming dollar bilan mukofotlanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling