Xitoyda kuchli zilzila sodir bo'ldi — video

Mazkur hodisa oqibatida halok bo'lgan va jarohatlanganlar bor

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

Xitoyning Sichuan provinsiyasida sodir bo'lgan zilzila oqibatida 21 kishi halok bo'ldi yana 30 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 5-sentyabr kuni Xitoyda 6,8 balli zilzila sodir bo'lgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, voqea oqibatida yo‘llar, elektr uzatish liniyalari va aloqa infratuzilmasi zarar ko‘rgan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda, qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni qidirishda davom etmoqda.

Xitoy seysmologiya markazi 1,1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gardze-Tibet avtonom viloyatida kuchli silkinishlarni qayd etdi.

Aniqlik kiritilishicha, zilzila epitsentri Ludin okrugida, epitsentri 16 kilometr chuqurlikda joylashgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling