Andijonda sodir bo'lgan avariya oqibatida mashinalardan biri portlab ketdi

Hodisa oqibatida halok boʻlganlar toʻgʻrisida hech qanday maʼlumot berilmagan

Andijon viloyati Shahrixon tumanida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi oqibatida "Cobalt" yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 23-oktyabr kuni soat tahminan 17:30 parda Shaxrixon tumani Qoʻrgʻoncha mahallasi hududidan oʻtgan A-373 "Toshkent-O'sh" xalqaro avtomobil yoʻlining 402 kmda "Spark" va "Cobalt" mashinalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

Toʻqnashuv oqibatida "Cobalt" haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi beton toʻsiqqa borib urilgan va yoʻlning qarama-qarshi tomoniga oʻtib ketib, harakatlanib kelayotgan boshqa bir "Cobalt" ga borib urilgan.

Natijada kelib urilgan "Cobalt" ning dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir boʻlib, mashinada yongʻin kelib chiqqan.

Yuz bergan avariya oqibatida kelib urilgan "Cobalt" yoʻlovchisi turli darajada tan jarohati olib, tuman shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimiga yuborilgan.

Mazkur hodisa oqibatida halok boʻlganlar toʻgʻrisida hech qanday maʼlumot berilmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling