Endi tibbiyot oliygohi bitiruvchi talabalari to'liq "stavka"da ishlashi mumkin

 2022-yil 1-noyabrdan barcha hududlarda talabalar vakant oʻrinlarga ishga joylashtiriladi

Foto: Glotr.uz

Foto: Glotr.uz

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 oʻquv yilida:

barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yoʻnalishlari bitiruvchi kurslariga toʻliq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya boʻlimlarida shifokor sifatida;

barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari boʻyicha toʻliq stavkagacha ishlashi mumkin.

“Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yoʻnalishlari boʻyicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashgʻulotlarning nazariy qismini masofaviy oʻzlashtiradi.

Sogʻliqlni saqlash vazirligi shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktyabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant oʻrinlarga ishga joylashtiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling