Foto: Eurosport
Angliya premer-ligasi rahbari Richard Masters vafot etgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II xotirasiga bag‘ishlab 7-turning barcha o‘yinlari boshqa muddatga qoldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Sports.ru xabar bermoqda.
"Liga va klublar oliy hazratlarining mamlakatimiz oldidagi uzoq va tinimsiz xizmatiga hurmat bajo keltirishlarini istaydi", – deydi Masters.
Ma'lum bo'lishicha, 10-12 sentyabr kunlariga belgilangan o'yinlar boshqa sanada bo'lib o'tadi. qaysi sanada o'tkazilishi esa hozircha noma'lum.
"Biz qirolicha Yelizaveta II ning vafoti munosabati bilan qayg‘urayotganlarning barchasiga hamdardmiz", - deydi Premer-liga rahbari.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling