Foto: Prezident.uz
Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel 27-oktyabr kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon 28-oktyabr kuni “Koʻksaroy” qarorgohida Sharl Mishelni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab, Shavkat Mirziyoyevning Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan dastlab tor doiradaga uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Foto: Prezident.uz
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, muzokaralar chogʻida Oʻzbekistonda soʻz erkinligini taʼminlash borasida qilinayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtilgan.
Davlat rahbari Oʻzbekiston soʻz erkinligini taʼminlash sohasida Yevropa Ittifoqi bilan amalga oshirilayotgan juda yaqin va ochiq hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.
Shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi ishlarning natijalarini baholash va ommaviy axborot vositalarini yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olingan.
Shundan so'ng, tomonlarning keng doiradagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda tomonlar xalqaro ishlarda va ikki tomonlama munosabatlarda BMT Ustavi va xalqaro huquqning normalariga qatʼiy rioya qilishlarini, hamkorlikni teng huquqlilik, oʻzaro anglashuv va manfaatlarni oʻzaro hisobga olish tamoyillari asosida qoʻllab-quvvatlashlari va rivojlantirishlarini taʼkidladilar.
Foto: Prezident.uz
Yevropa kengashi Prezidenti Oʻzbekiston rahbariyatining gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlar, yoshlar va bolalarning huquq va manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga eʼtibori ortib borayotganini taʼkidladi, hamda YI ushbu sohalardagi loyiha va dasturlarni amalga oshirishga har tomonlama koʻmakni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Foto: Prezident.uz
Shuningdek, YI kompaniyalaridan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, eng yangi texnologiyalar, ilgʻor tajriba va yuksak standartlarni jalb qilish masalalari kelishib olindi.
Prezidentlar Oʻzbekiston bilan Yevroittifoq oʻrtasida iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar sohalaridagi hamkorlik jadal rivojlanayotganligi aytildi.
Jumladan, oʻtgan yilning aprel oyida Oʻzbekistonga “GSP+” tizimining benefitsiar mamlakati maqomi berilib, oʻzbek mahsulotlarining keng nomenklaturasi YI mamlakatlariga bojsiz yetkazib berilishiga imkoniyat yaratilgani ta'kidlandi.
Foto: Prezident.uz
Uchrashuvdan so'ng, Sharl Mishel Shavkat Mirziyoyev bilan “Koʻksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.
Foto: Prezident.uz
Bugun oliy martabali mehmon Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Oʻzbekistondagi yangi ofisi ochilishida ishtirok etishi, Samarqand shahrining tarixiy-meʼmoriy obidalari bilan tanishishi koʻzda tutilgan. Shu bilan Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning O'zbekistonga tashrifi yakunlanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling