Videodan lavha
Olma-otada ichida yo'lovchilari bo'lgan ikki avtobus to‘qnashib ketdi. Bu haqda "Sputnik" xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, o‘n besh kishi jarohatlangan.
201 va 98- yo'nalishdagi avtobuslarning to‘qnashuvi To‘le bi va Abilayxon ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan.
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, 201-yo‘nalishdagi avtobusi To‘la bi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda harakatlanayotgan bo'lgan va Abilayxon (asosiy yo‘l) bo‘ylab harakatlanayotgan 98-yo‘nalish avtobusini o‘tkazib yubormagan. YTH sodir bo‘lgan chorrahada svetofor ishlamay qolgan.
Kuchli zarbadan ikkala avtobus ham inersiya bo'yicha harakatlanishda davom etib, dastlab piyodalar yo'lagiga, keyin esa park hududigacha yetib borgan. Shu vaqt mobaynida avtobus yo‘lakdagi ikki piyodani urib ketgan. Ulardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, avtobuslar to'qnashuvi natijasida yo‘lovchilari orasida jarohatlanganlar soni ko‘p bo‘lgani aytilmoqda. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ularning soni 15 ga yaqin.
Shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi yaqin kunlarda jabrlanganlarning ahvoli haqida ma’lumot berishi ma'lum qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling