Foto: telegram
Rossiya Ukrainaga uyushtirgan raketa hujumi natijasida Krivoy Rog konlarida 98 nafar konchi yer ostida qolib ketdi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri o'rinbosari Aleksandr Vilkul ma’lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Krivoy Rogda energetika infratuzilmasi obʼyektiga raketa hujumi natijasida Ternovskiy va qisman Pokrovskiy tumanlarining elektr va suv taʼminoti uzilib qolgan.
"Krivoy Rogga jami uchta raketa uchirildi. Bittasi havo hujumidan mudofaa tomonidan urib tushirildi, ikkitasi tegdi. Vayronagarchilik jiddiy boʻldi. Xudoga shukur, qurbonlar yoʻq. Kechqurun dushman kamikadzelar bilan Krivoy Rogga zarba berdi. 136 "Havo hujumidan mudofaa kuchlarimiz tomonidan urib tushirildi, odamlar jabrlanmagan", — deydi Vilkul.
Uning so'zlariga ko'ra, zarba paytida yer ostidagi to'rtta joyda kon ishlari, minora bosh ramkalari va kon galereyalarida 854 nafar konchi bo'lgan. Hozirda bitta shaxta blokirovka qilingan, unda 98 kishi bor.
"Jadvalga ko'ra, 11- oktabr kuni soat ikkiga qadar hamma yerga ko'tarilishi kerak. Odamlarni qutqarish uchun murakkab qutqaruv operatsiyasi amalga oshirilmoqda . Shu bilan birga, havo, oziq-ovqat va suv bilan bog'liq muammolar hal qilinmoqda", — dedi Vilkul.
Shuningdek, u Rossiya hujumi oqibatlarini bartaraf etishga shaharning barcha zarur maxsus xizmatlari zudlik bilan jalb qilinganini qayd etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling