Toshkentdagi avtobuslarga qoidabuzarlikni aniqlovchi videoregistratorlar oʻrnatiladi — video

Har bir avtobuslar ushbu qurilmalar bilan jihozlanishi rejalashtirilmoqda

Foto: Repos.uz

Foto: Repos.uz

Tez orada Toshkentdagi avtobuslarga qoidabuzarlikni qayd etuvchi videoregistratorlar oʻrnatiladi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHX boshqarmasi boshligʻi Fazlidddim Toshkenboyevning taʼkidlashicha, soʻnggi uch kunda Toshkent shahridagi markaziy koʻchalar oʻrganib chiqilgan. Xususan, yoʻl qoplamalarining holati avtobus bekatlarida avtobuslarning kirib-chiqishi uchun toʻsqinlik qilayotgan barcha omillar oʻrganib chiqilgan.

“Albatta, avtomobillarning tartibsiz harakatlanishi ularni qoldirib ketilishi judayam koʻp uchramoqda. Xususan, yoʻl chetida joylashgan savdo majmualariga kiraman degan haydovchilar hech qanday tartib qoidalarsiz istalgan joyda oʻzining avtomobilini tashlab ketishi keyinchalik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Jamoat transporti toʻxtab qolishi natijasida avtobuslar intervalining oshib ketishi hayoliga ham kelmaydi”, — deydi Toshkenboyev.

Qayd etilishicha, shunday koʻngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida inson omili cheklangan holda jamoat transportida har bir avtobuslarga videoregistratorlar oʻrnatish boʻyicha hozirgi kunda tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Tez kunlarda har bir avtobuslar ushbu qurilmalar bilan jihozlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling