Hindistonda o'tkazilayotgan shaxmat olimpiadasi turnir jadvalida O'zbekiston peshqadamlik qilmoqda

O'zbekiston terma jamoasi Armaniston jamoasini mag'lub etdi

Foto: CentralAsia

Foto: CentralAsia

7-avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasining to‘qqizinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Armaniston terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

O'zbekiston Olimpiya o'yinlari turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarildi.

Berilgan xabarlarga qaraganda, 7-avgustga qadar O'zbekiston va Armaniston terma jamoalari durang natijani qayd etgan bo'lsa, 8-avgust holatiga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi peshqadamlikni qo'lga olgan.

To'qqizinchi turda 16 yoshli grossmeyster Javoxir Sindorov 28 yoshli Samvel Ter-Sahakyanni mag‘lubiyatga uchratgan. 20 yoshli Nodirbek Yoqubboev 33 yoshli Hrant Melkumyan bilan durang natijani qayd etgan. 27 yoshli Jahongir Vohidov 31 yoshli Robert Ovannisyanni mag‘lub etgan. 17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov va 38 yoshli Gabriel Sarkisyan g‘olibni aniqlay olishmagan.

Shu kunga qadar o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston 188 jamoa orasida 16 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi. Hindiston-2 jamoasi Ozarbayjon bilan durang o'ynadi (2:2) va 15 ochko bilan ikkinchi o'rinda qoldi.

Shaxmat bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Isroilga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ayollar jamoasi hozirda 10 ochko bilan 164 jamoa orasida 40-o'rinni egallab turibdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling