Prezident maktab darsliklari ijarasi bepul bo'lishi bo'yicha topshiriq berdi

Maktab darsliklarining ijara narxlari oshirilishi ko'plab e'tirozlarga sabab bo'ldi

Foto: Omma.uz<br>

Foto: Omma.uz

Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan prezidentga axborot berilgan.

Unga koʻra, maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida davlat rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq bergan.

Avvalroq, maktab darsliklari yillik ijara to'lovlarining narxlari e'lon qilingandi. Unga ko'ra darsliklarning ijara narxlari quyidagicha belgilangandi:




telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling