Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda hukumat nomidan turli toʻlovlar va nafaqalar ajratilganligi haqidagi maʼlumotlar tarqalmoqda.
Moliya vazirligi ushbu maʼlumotlar hech qanday asosga ega emasligini maʼlum qildi.
Foto: Moliya vazirligi
“Sizga shuni maʼlum qilamizki, Moliya vazirligining barcha rasmiy kanallari rasmiy tekshirilganlik belgiga ega va Siz rasmiy manbalar orqali yangiliklarni kuzatib, ishonchli maʼlumotlarni olishingiz mumkin.
Shuningdek, Sizni qiziqtirgan barcha qoʻshimcha savollarga 11-40 raqami orqali aniqlik kiritishingiz mumkin!”, deyiladi Moliya vazirligi xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling