Yil boshidan buyon Farg'ona viloyatida 34 nafar bank xodimi ma'muriy javobgarlikka tortildi

Jami 33,1 mlrd soʻmlik bank kreditlar talon-toroj qilinganligi aytilmoqda

Foto: UzReport.News<br>

Foto: UzReport.News

2022-yil boshidan beri Fargʻona viloyatida 34 nafar bank xodimi kredit pullarini talon-taroj qilganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh Prokuratura xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Fargʻona viloyati prokurori joriy yilning oʻtgan davri mobaynida banklarning muammoli kreditlarni soʻndirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarini muhokama qilgan. Unda, ayrim banklarda qarzdorlik kamayishi oʻrniga keskin oshganligi tanqid qilingan.

Qayd etilishicha, 9 oyida 75 ta, 33,1 mlrd soʻmlik bank kreditlari talon-toroj qilinganligi boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, aybdorlarga nisbatan javobgarlik belgilangan, 34 nafar bank rahbarlari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling