Yil boshidan buyon brakonyerlar tomonidan tabiatga 6 milliard so'mdan ortiq zarar yetkazilgan

Qariyb 2,5 ming kishi maʼmuriy, yana besh nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan

Foto: Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Foto: Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yil boshidan buyon qonunga xilof ravishda faoliyat qilgani va tabiatga yetkazgan zarari uchun brakonyerlardan 6,1 milliard soʻm jarima undirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu vaqt oraligʻida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan 2547 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

Unga koʻra:

  • yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlash – 162;
  • noqonuniy baliq ovlash – 239;
  • daraxtlarni kesish – 1486 ta;
  • oʻsimlik dunyosi obyektlarini noqonuniy yigʻish – 636;
  • taqiqlangan hududda oʻqotar qurol bilan boʻlish – 24.

Maʼlumotlarga koʻra, 2493 nafar shaxs maʼmuriy, yana besh nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Xodimlar tomonidan 52 dona oʻqotar qurol, 29 dona qayiq, 5 dona transport vositasi, 6 ming 917 kilogramm baliq va 3 ming 661 dona kesilgan daraxt musodara qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling