Foto: Open source
25 yoshli Sarasadat Xademalshareh joriy yilning 25-30-dekabr kunlari Almati shahrida shaxmatning blis yoʻnalishi boʻyicha FIDE jahon chempionatida ishtirok etib, Ispaniyaga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi.
Sportchi hijobsiz musobaqada qatnashdi. Roʻmolning yoʻqligi qonun buzilishi hisoblanadi va Eron rejimi tomonidan namoyishni qoʻllab-quvvatlash uchun koʻriladi.
Sportchi Erondagi oilasining xavfsizligidan xavotirda, chunki u bir nechta hijobsiz suratga tushgan. EL PAÍS manbasining xabar berishicha, shaxmatchining oilasi Ispaniyada kvartiraga ega.
Sarasadat eronlik shaxmatchi Alirizo Firuziyani (dunyo reytingida 4-oʻrinda, Fransiyaga koʻchib oʻtgan va taqiq tufayli isroillik raqibiga yutqazgan) qoʻllab-quvvatlovchi video yubordi. U Eron hukumati isroilliklar bilan oʻynashga qoʻyilgan taqiqni bekor qilishi kerakligini eʼlon qildi. Shundan soʻng mamlakat hukumati shaxmatchiga bosim oʻtkaza boshladi.
Uch yil avval Ispaniyada boʻlib oʻtgan Sunway Sitges shaxmat festivalida Eronning ikki eng yaxshi oʻyinchisi Parham Magsudlu va Amin Tabatabai 17 yoshli Ido Gorshteynga yutqazib qoʻygandi. Eron hukumati bundan gʻazablanib, oʻz sportchilari ustidan tergov boshladi. Ular raqibi isroillik ekanini bilmaganliklarini aytishdi.
Eronda shaxmat oʻynashga 1989-yilda ruxsat berilgan. Oʻshandan beri shaxmat rivojlanib, eronlik sportchilar sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishmoqda. Hozirda Eron Osiyo mintaqasida shaxmat boʻyicha yirik davlatlardan biri sanaladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling