O'zbekistonda bola o'g'rilari paydo bo'lgani haqidagi xabarga IIV munosabat bildirdi

Bu kabi xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq ekanligi aytilgan

Foto: Familywatchdog

Foto: Familywatchdog

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bola o'g'rilari paydo bo'lgani aytilayotgan audioxabarga IIV rasmiy munosabat birdirdi.

Ovozli xabarlarda aytilishicha, Toshkentdagi 38-Orom maktabi yonida, Qorasaroy turar joy majmuasida, Qorasuvda va boshqa hududlarda bola oʻgʻirlashga urinishlar qayd etilgan.

Shuningdek, bir nechta bola dom-daraksiz yoʻqolgani, bu holatlarga mutasaddilar tomonidan tegishli choralar koʻrilmayotgani haqida aytilgan.

Fargʻonada ham bola oʻgʻirlash bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh mavjudligi qo'shimcha qilingan.

Ushbu audioxabarlarga IIV axborot xizmati rahbari Sh.Gʻiyosov munosabat bildirdi.

“Bu kabi xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq. Internet orqali yolgʻon maʼlumot tarqalishiga sababchi boʻlayotgan subyektlarning harakatlariga huquqiy baho beriladi”, — deyiladi rasmiy munosabatda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling