Foto: Business Insider
Twitterʼning yangi egasi Ilon Mask kompaniyada masofaviy ishlashni bekor qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tadbirkor xodimlarga “oldindagi qiyin kunlar” haqida ogohlantiruvchi xatlar yuborgan.
Xabarga koʻra, bundan buyon xodimlar haftasiga kamida 40 soat ofislarda boʻlishadi. Istisnolar Mask tomonidan shaxsan tasdiqlanadi.
Ushbu yangilik kiritilgunga qadar Twitter xodimlari istalgan joydan: ofisdan, uydan va hatto boshqa davlatdan ham ishlashlari mumkin edi.
“Oldinda bizni qiyin yoʻl kutib turibdi. Muvaffaqiyatga erishish uchun koʻp mehnat qilishimiz kerak boʻladi”, — deydi Ilon Mask.