Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati oʻqish uchun xorijga 19 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan davrda joʻnab ketadi.
2022-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, jami 124,1 ming nafar oʻzbekistonlik oʻqish uchun chet elga ketgan.
Quyida yosh toifalari boʻyicha batafsil statistik maʼlumotlar keltirilgan:
0-18 yosh - 16,7 ming kishi;
19-30 yosh - 94,1 ming kishi;
31-55 yosh - 13,0 ming kishi;
56 yosh va undan kattalar - 0,3 ming kishi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling