Foto: Teznews
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda maktab direktori oʻrinbosari kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 17-noyabr kuni Toyloq tumanidagi 6-son umumtaʼlim maktabi 15 yoshli oʻquvchisi dars vaqtida ruchkani sinfdoshiga qarata otgan. Ruchka uning sinfdoshining koʻziga tegib, jarohat yetkazgan.
Oʻquvchi shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam koʻrsatilgan. Mazkur holatdan xabar topgan voyaga yetmagan o'quvchining onasi umumtaʼlim maktabiga borib, maktab direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari bilan tortishgan. U qizining shu ahvolga tushishiga direktor o'rinbosarini sababchi qilib koʻrsatib, turli joylariga urib, jarohat yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling