Foto: facebook
22-avgust kuni tadbirkorlar bilan o'tkazilgan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev "Murad Buildings" tomonidan qurilayotgan binolar haqida gapirdi.
"Bir yil davomida tadbirkorlar tomonidan 55 mingdan ortiq biznes uchun binolar qurildi. Ya’ni, tadbirkorlar kelajakka ishonib, ko‘chmas mulkka investitsiyalarni ko‘paytirmoqda. Mana, atrofimizda ham ko‘ringlar, qanday-qanday baland binolar qad rostladi. “Murad buildings” rahbari o‘tiribdi. Menga u qurayotgan binoning tepasidan Toshkent viloyati, Jizzax ham ko‘rinadi deyishyapti", — dedi prezident.
"Murad Buildings" rahbari Murod Nazarov prezidentga javoban, Tashkent City hududida qurilayotgan binoning yuqori qavatidan Qozog‘iston chegarasigacha ko‘rinayotgani, bino bahor fasliga qurib bitkazilishini ma’lum qildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling