Foto: Repost.uz
Toshkent viloyatida “Toza hudud” boshqarmasi xodimlarining iyul, avgust va sentyabr oylari oylik ish haqilaridan qariyb 1 mlrd soʻmdan ortigʻi berilmaganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Toza hudud” DUK viloyat boshqarmasida xodimlarning oylik ish haqilari berilganlik holati yuzasidan tekshiruv monitoringgi oʻtkazilgan.
Tekshiruv natijalarida korxona tomonidan xodimlarning 2022-yil iyul, avgust va sentyabr oylari oylik ish haqilaridan qariyb 1 milliardan soʻm ortiq ish haqlari toʻlanmaganligi aniqlangan.
Mehnat Kodeksning 154-moddasiga asosan, ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shart.
Maʼlumot uchun, Mehnat kodeksining 161-moddasida, mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda koʻrsatilgan va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emasligi belgilab qoʻyilgan.
Monitoring natijasiga koʻra, Adliya boshqarmasi tomonidan korxonada ishlovchi xodimlarning oylik ish haqilarini toʻlash choralarini koʻrish yuzasidan “Toza hudud” DUKga nisbatan kiritilgan taqdimnomaga asosan, oylik ish haqilari xodimlarga toʻliq undirib berilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling