Foto: Facebook
Ijtimoiy tarmoqlarda Quyi Chirchiq tumanida yashab, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida faoliyat yuritadigan Muhammadsaid Tolipovni nomalum shaxslar qo‘lini chopib tashlagani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Ammo bloger ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Uning videomurojaati viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilindi.
Aniqlanishicha, bloger hozirda o‘zi yashaydigan tuman markaziy poliklinikasiga joylashtirilgani hamda qo‘li chopib ketilgani feyk xabar bo‘lib chiqdi.
«Menga taalluqli bo‘lmagan narsani internetga sizdirishibdi. Bu umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Xudoga shukur soppa-sog‘miz, hech qanaqa bosim yo‘q, hammasi joyida. Tuman mutassadilari, uchastka noziri keldi. Internetda bo‘layotgan narsadan xabarim yo‘q edi, mana hozir telefonda ko‘rdim. Albatta, bularning hammasi yolg‘on, bo‘hton. Kimdir qasddan buni tarqatgani aniq. Buning tagiga yetamiz va sud orqali gaplamashimiz», — deydi bloger.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling