Xorazmda terrorchilik safiga qo'shilmoqchi bo'lgan to'rt kishi qamaldi

Ular internet orqali terrorchilik tashkilotlari aʼzolari bilan aloqa oʻrnatgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Xorazm viloyatida Suriyadagi terrorchilik tashkilotlariga qoʻshilishni maqsad qilgan toʻrt nafar fuqaroga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati, Xiva shahrida yashovchi 4 nafar 18 hamda 20 yosh oraligʻidagi fuqarolar Internet tarmogʻida “Sodiq Samarqandiy”, “Abdullox Buxoriy” va “Abdullox Zufar” taxallusidagi shaxslarning maʼruzalarini tinglashi oqibatida aqidaparastlik gʻoyalari taʼsiriga berilgan.

Shundan soʻng ularda Suriya hududidagi xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qoʻshilish fikri tugʻilgan. Shu maqsadda ular keyinchalik internet orqali terrorchilik tashkilotlari aʼzolari bilan aloqa oʻrnatib, ularning yoʻl-yoʻrigʻi va koʻmagida jangarilar lageriga chiqib ketishni rejalashtirganlar.

Mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Xorazm viloyati sudining 2022-yil 22-iyul kunidagi hukmiga binoan ushbu shaxslar turli muddatlarga jinoiy javobgarlikka tortilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling