"O‘zbekiston temir yo‘llari" Yevropa va Janubiy Koreyadan 34 ta elektropoyezd, 6 ta dizel poyezdi va kamida 100 ta yangi zamonaviy rusumdagi yo‘lovchi vagonlarini sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, respublikaning barcha hududlarida temir yo‘l harakatida yo‘lovchilar tashishni maksimal darajada qamrab olish rejalashtirilmoqda.
Xabarga ko'ra, Berlinda bo‘lib o‘tayotgan "InnoTrans 2022" xalqaro ko‘rgazmasida Fransiyaning Alstom, Germaniyaning Siemens, Ispaniyaning SAF, Shveytsariyaning Stadler, Chexiyaning Skoda va Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyalari bilan harakat tarkibini xarid qilish masalalari muhokama qilingan.
Ma'lum qilinishicha, muzokaralar davomida yangi elektropoyezdlar va zamonaviy yo‘lovchi vagonlarini xarid qilish masalalari ko'rib chiqilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling