Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Qalin tuman sababli Toshkent va Namangan aeroportlari faoliyatini vaqtincha cheklashga majbur bo'ldi

Tuman 20 dan ortiq reyslarni boshqa vaqtga koʻchirish yoki muqobil aerodromlarga joʻnatishga majbur qildi

Foto: Uzbekistan Airways

Foto: Uzbekistan Airways

Noqulay ob-havo sharoiti Uzbekistan Airwaysʻning HY-614 (Moskva-Toshkent) reysini Buxoro muqobil aerodromiga joʻnatishiga majbur qildi. Bortida 214 nafar yoʻlovchi boʻlgan samolyot mahalliy vaqt bilan 03:23 da Buxoroga qoʻndi. HY-426 (Dehli-Toshkent) reysi ham Buxoro aeroportiga yoʻnaltirildi. Koʻrish yaxshilanganidan keyin ikkala samolyot ham Toshkentga uchib ketdi.

Uzbekistan Airwaysʻning HY-23/24 (Toshkent-Buxoro-Toshkent) reysi ham kechiktirildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan 10:52 da Buxoroga qoʻndi. 11:53 da joʻnab ketdi.

Bundan tashqari, quyidagi reyslar Navoiy shahridagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi:

Uzbekistan Airwaysʻning

  • HY-9662 (Yekaterinburg - Toshkent);
  • HY-3196 (Seul - Toshkent);
  • HY-274 (Istanbul - Toshkent);
  • HY-708 (Vladivostok - Toshkent);
  • HY-9646 (Moskva - Toshkent) reyslari;

Shuningdek, AFL1870 “Aeroflot”ning (Mineralne Vodi - Toshkent) reysi.

Samarqanddagi muqobil aerodromga quyidagi parvozlar yoʻnaltirildi:

Uzbekistan Airwaysʻning

  • HY-18 (Nukus - Toshkent);
  • HY-336 (Jidda - Toshkent);
  • Ozarbayjonning Azal aviakompaniyacining AHY5031 (Boku – Toshkent) reysi;
  • Fort Aeroʻning FRX513 charter reysi.

Uzbekistan Airwaysʻning HY-9802 (Perm-Namangan) reysi Fargʻona aeroportiga yoʻnaltirildi va mahalliy vaqt bilan 01:51 da qoʻndi.

HY-9620/9619 (Moskva - Namangan - Moskva) reysi 18-dekabrdan 19-dekabrga oʻzgartirildi. Samolyot belgilangan aeroportga mahalliy vaqt bilan 16:10 da joʻnaydi.

19-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:40 ga belgilangan HY-9619 (Namangan – Moskva) reysi 20-dekabrga koʻchirildi. Uzbekistan Airwaysʻning HY-9805 (Namangan-Samara) va HY-9806/9829 (Samara-Namangan-Yekaterinburg) reyslari ham oʻzgartirildi.

Namanganda ob-havo yaxshilanmaguncha quyidagi reyslar vaqti oʻzgartirildi:

  • S7 aviakompaniyasining SBI5567/5568 (Novosibirsk — Namangan — Novosibirsk);
  • Air Arabia aviakompaniyasining G785 (Namangan - Sharja);
  • G785 Air Arabia (Xarja – Namangan – Sharja)
  • WZ4483/4484 Red Wings (Moskva - Namangan - Moskva);
  • J9645 Jazeera Airways (Quvayt - Namangan - Quvayt).

Namangan aeroportida havo kemalarini qabul qilish va joʻnatish uchun cheklovlar hamon amalda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling