Gruziyada Rossiyaga qarshi urush boshlanishi bo'yicha referendum o'tkazishga ruxsat berildi

Ukraina hukumati Gruziyada ikkinchi frontni ochishga chaqirdi

Gruziya hukumati Rossiyaga qarshi “ikkinchi front” ochish boʻyicha referendum oʻtkazish niyatida. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

"Biz xalqdan Gruziyada ikkinchi front ochilishini xohlaysizmi degan ma'nodagi so'rovnoma o'tazishimiz mumkin. Biz so'rovnomalar natijalariga qarab odamlarni istaklarini qo'llab-quvvatlashimiz mumkin. Bu borada xalq qaror qabul qilsin”, — deydi "Gruziya orzusi" partiyasi raisi Kobaxidze.

Uning so'zlariga ko'ra, Ukrainaning bir qator yuqori martabali amaldorlari tegishli bayonotlar bilan chiqishgan va Gruziyada ikkinchi front ochish maqsadga muvofiqligini toʻgʻridan-toʻgʻri taʼkidlagan.

"Yana bir bor takrorlayman, biz odamlarning Gruziyada ikkinchi front ochilishini xohlash yoki xohlamasliklarini so'rashimiz kerak. Agar xalq bunga rozi bo'lsa, keyinyoq birgalikda muhokama qilishimiz mumkin. Lekin, odamlar buni xohlashmasa, unda biz boshqa qaror qabul qilishimiz va u qarorni saqlab qolishimiz kerak", — deydi Irakliy Kobaxidze

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling