Marokash terma jamoasi futbolchisi 2022-yilgi Jahon chempionati mukofot pullarini xayriya qildi

Futbolchi 325 ming dollar mukofot pulini Marokashdagi muhtojlarga xayriya qilgan

Foto: Chempionat<br>

Foto: Chempionat

Marokash terma jamoasi futbolchisi Hakim Ziyosh Qatardagi jahon chempionatidan tushgan barcha mukofot pullarini xayriya qildi. Bu haqda jurnalist Xolid Baydun oʻzining Twitter sahifasida yozib qoldirdi.

Uning qayd etishicha, futbolchi shu paytgacha jahon chempionatida oʻynagani uchun ishlagan 325 ming dollar mukofot pulini Marokashdagi muhtojlarga xayriya qilgan. Maʼlum boʻlishicha, u 2015-yildan buyon terma jamoada oʻynab kelayotgan boʻlib, shu muddat oraligʻidagi oʻyinlardan tushgan barcha mablagʻlarni xayriya ishlariga sarflaydi.

Maʼlumot oʻrnida, asli kelib chiqishi marokashlik boʻlgan futbolchi Hakim Ziyosh 1993-yilda Niderlandiyaning Dronten shahrida tugʻilgan. “Herenven” (2012–2014) tarbiyalanuvchisi, 2014–2016 “Tvente” da, 2016–2020 "Ayaks”da, 2020-yildan buyon Londonning “Chelsi” klubi tarkibida oʻynab kelmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling