Foto: qalampir.uz
Shavkat Mirziyoev 16 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar berilishicha, muloqot davomida mamlakatlar o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar ko'rib chiqildi, mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.
"Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, xususan, O'zbekiston va Rossiyaning hududlari va tadbirkorlari darajasidagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi" deyiladi xabarda.
Aytilishicha, so'nggi yetti oyda tovar ayirboshlash 30 foizga oshgan.
Suhbatda O'zbekiston va Rossiya yetakchilari, eng avvalo, amaliy sheriklikni aniq, sifatli mazmun bilan boyitish bo'yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish orqali mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etgan.
Shuningdek, bo'lajak ikki va ko'p tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilingan. Davlat rahbarlari 2022-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini tashkil etish va o'tkazish masalalariga alohida to'xtalib o'tgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling