Foto: AA
Turkiya parlamenti deputati parlamentda mamlakatning 2023-yilgi budjetini muhokama qilish chogʻida chiqqan mushtlashuv oqibatida boshidan jarohat olib kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Sputnik Turkiya” xabar berdi.
“Budjet muhokamalarining ikkinchi kunida parlament umumiy yigʻilishida keskinlik yuzaga keldi. Deputatlar oʻrtasidagi ogʻzaki janjal mojaroga aylanib ketdi. “Iyi” (Yaxshi) partiyasi aʼzosi Husayn Oʻrs mushtlashuv vaqtida boshidan jarohat olib kasalxonaga yotqizildi”, deyiladi xabarda.
Yigʻilishga raislik qilgan parlament vitse-spikeri Haydar Akar bu bahsdan soʻng yigʻilishni 10 daqiqaga toʻxtatdi.
Eslatib o'tamiz, Qirg'iziston parlamentidagi yig‘ilishda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev parlament deputati Omurbek Bakiyev bilan janjallashibketgani haqida xabar berilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling