Livanda qurollangan erkak bank xodimlarini garovga oldi

Qurolli shaxs tibbiy to'lovni amalga oshirish uchun o'z pulini olmoqchi bo'lgan

Foto: aljazeera.com

Foto: aljazeera.com

Livan banklaridan birida 10 kishini garovga olgan qurolli shaxs yetti soatlik kelishmovchilikdan so‘ng o‘zini politsiyaga topshirdi. Bu haqda Washington Post xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, oziq-ovqat yetkazib berish xizmati haydovchisi Bassam al-Shayx Husayn ismli shaxs otasining tibbiy to‘lovlarini to‘lash uchun pulini olishi kerakligini aytgan

42 yoshli fuqaro Bayrutdagi Federal bank filialiga miltiq va benzin ko'tarib kirgan. U yerda taxminan  unga tegishli bo'lgan 210 ming dollar (204 ming yevro) omonatga qo'yilgan pul bo'lgan.

Ichkarida Husayn ikki mijozdan tashqari yetti-sakkiz nafar xodimni garovda ushlab, omonatiga kirishni talab qilgan. Xavfsizlik manbalaridan biri AFP axborot agentligiga  benzinni "butun bank bo'ylab" quyganini aytgan.

Bank oldiga yig'ilgan olomon Husaynni qo'llashgan. Olomon "Unga pulini bering, pulini bering", deb bir ovozdan baqirishdi va bir qator askarlarga qarshi turgan.

Bir necha soat davom etgan muzokaralardan so‘ng Husaynning advokati agar jamg‘armadan mijoziga 35 ming dollar berishsa, Husayn o'z xohishi bilan taslim bo'lishiga kelishgan.

Hozirda Livan og'ir iqtisodiy inqiroz davrida. Muhim tovarlar yetishmayapti, shu bilan birga mahalliy valyutaning keskin tushib ketishi banklarni pul olish uchun qattiq cheklovlar joriy etishga olib kelgan.

Kreditorlar mijozlarning chet elga pul o'tkazishlariga ham to'sqinlik qilishgan.

2019-yildan beri funt sterling AQSh dollariga nisbatan qiymatini 20 baravardan ko‘proq yo‘qotgan. Jahon oziq-ovqat dasturining hisob-kitoblariga ko‘ra, Livandagi uy xo‘jaliklarining 46 foizi to‘yib ovqatlanmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling