Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir yarim soatdan ikki soatgacha) kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Shuningdek, gaz quvurlarida bosimning meʼyordan pastligi sababli Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan. Xususan:
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Bo‘ka, Piskent, Zangiota, Toshkent, Parkent, Ohangaron, Qibray, Oqqo‘rg‘on, O‘tra-Chirchiq, Quyi-chirchiq tumanlari, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarining ayrim xonadonlarida;
Buxoro viloyati: G‘ijduvon, Romitan, Qorako‘l, Buxoro, Shofirkon, Vobkent, Olot, Peshku tumanlari va Buxoro shahrining ayrim xonadonlarida;
Farg‘ona viloyati: Beshariq, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton, Toshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat, O‘zbekiston, Quva tumanlari va Marg‘ilon, Farg‘ona, Quvasoy, Qo‘qon shaharlarining ayrim xonadonlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Bo‘ston, Buloqboshi, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Paxtaobod, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Andijon, Xonobod, Qorasuv shaharlarining ayrim xonadonlarida;
Surxondaryo viloyati: Denov tumani va Termiz shahrining ayrim xonadonlarida;
Jizzax viloyati: Sh.Rashidov, Do‘stlik, Zarbdor, Dashtabod tumanlari va Jizzax shahrining ayrim xonadonlarida;
Navoiy viloyati: Karmana va Navbahor tumanlarining ayrim xonadonlarida gaz yetib borishida uzilishlar kuzatilgan.
"Isteʼmolchilardan uzilishlar yuzasidan 782 ta murojaat kelib tushgan. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi", deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirilgani ta'kidlab o'tilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling