Toshkentda va ayrim hududlarda Yangi yil bayrami kechasi qor yog'ishi mumkin

Oʻzbekistonliklar Yangi yilni kamdan kam hollarda qor bilan kutib oladi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Oʻzbekistonning aksariyat qismida Yangi yil bayrami kechasida qor yogʻishi mumkin, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet markazi direktori Sherzod Xabibullayev oʻzining Facebookʻdagi sahifasida.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 31-dekabr kuni kechga tomon baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik boʻladi. Xususan, yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin. Harorat kunduzi +2…+7 daraja, kechasi 0…+5 daraja boʻladi.

1-yanvar kuni esa Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kunduzi −1…+6 daraja, kechasi 0…+5 daraja boʻladi.

Oʻzbekiston aholisi Yangi yilni juda kamdan kam hollarda qor bilan kutib oladi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, 31-dekabr kuni Toshkentda yogʻingarchilik oʻrtacha 4−5 yilda 1-marta, 1-yanvar kuni esa 2−3 yilda 1-marta yogʻadi. Biroq, har doim ham bu yogʻingarchiliklar qor shaklida boʻlmaydi. Yangi yil kechasida qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik juda kamdan kam hollarda kuzatiladi.

Oʻtgan yilning 31-dekabr kuni harorat kechasi −3…−8 daraja, kunduzi +8…+13 darajagacha koʻtarilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling