Foto: Yandex.ru
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning "Орёл" shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini safarbarlikka jalb qilish uchun chaqiruvlar kelgani haqida xabar tarqaldi.
"Nigoh" Telegram kanalining xabar berishicha, holat Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan nazoratga olinib, tashkilot rahbariyati hamda fuqarolar bilan aloqa oʻrnatilib, voqea joyiga yoʻl olingan.
“Shu munosabat bilan, Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlaridan harbiy harakatlarga aralashmaslikni, nizoli hududlarga bormaslikni hamda bunday holatlarga duch kelsa, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa vakolatli tashkilotlaga murojaat qilishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Oʻrganishlar natijasi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi aytildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling