Zelenskiy ayollarni ixriyoriy ravishda harbiy ro'yxatga olish to'g'risidagi qonunni imzoladi

Tibbiyot yoki farmasevtika bo'yicha ixtisosligi bo'lgan ayollar harbiy ro'yhatdan o'tishlari zarur

Foto: Aniq.uz<br>

Foto: Aniq.uz

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Harbiy burch va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Ukraina qonunining 1-moddasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Oliy Rada saytida e'lon qilindi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu farmon harbiy mutaxassislikka o'xshash kasbga ega bo'lgan ayollarga taalluqlidir.

Qayd etilishicha, ukrainalik xotin-qizlarning kasbi harbiy ro‘yxatga olish mutaxassisligiga to‘g‘ri kelsa va yoshi hamda salomatligi imkon bersa, ular o‘z xohishiga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinishi mumkin.

Qonunga ko'ra, tibbiyot yoki farmasevtika bo'yicha ixtisosligi bo'lgan ayollar harbiy ro'yhatdan o'tishlari zarur.

Xabarga ko'ra, qonun loyihasi mamlakat prezidenti tomonidan 21-oktyabr kuni imzolangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling