Foto: Repost.uz
Oʻzbekiston hududlari boʻylab hafta oxirida havo harorati 18 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidrometeorologiya” xizmati markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 16-dekabr kuni ʼzbekiston boʻyicha quyoshli va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Toshkent viloyatida baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo +9...+14 daraja iliqgacha, baʼzi joylarda +16...+18 darajacha isiydi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan +4...+5 daraja yuqoridir.
Shuningdek, dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi. Havo harorati kechalari -3 daraja sovuq +2 daraja iliqni, shanba kuni kunduzi +7...+12 daraja iliqni, yakshanba kuni +5...+10 daraja iliqni tashkil etadi va ushbu kunlarning meʼyoriy qiymatlariga yaqin boʻladi.
Maʼlum qilinishicha, respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling