2022-yilda jazirama tufayli kamida 15 ming yevropalik halok bo'ldi – JSST

Oxirgi 50 yil ichida mintaqada 148 mingdan ortiq odam haddan tashqari issiq harorat tufayli halok boʻlgan

2022-yil boshidan beri Yevropada jazirama tufayli kamida 15 ming kishi halok boʻldi. Bu haqda JSST Yevropa byurosiga tayanib, “Interfaks ” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, oʻtgan yozda tibbiyot xodimlari Germaniyada 4,5 ming, Ispaniyada 4 mingga yaqin, Buyuk Britaniyada 3,2 mingdan ortiq va Portugaliyada mingdan ortiq oʻlimni qayd etgan.

JSST maʼlumotlariga koʻra, yuqori harorat surunkali kasalliklarni, jumladan, yurak-qon tomir, nafas olish va diabet bilan bogʻliq asoratlarni kuchaytirishi mumkin.

Aytish joizki, 1961-yildan 2021-yilgacha Yevropada havo harorati sezilarli darajada oshgan. Oxirgi 50 yil ichida mintaqada 148 mingdan ortiq odam haddan tashqari issiq harorat tufayli halok boʻlgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling