Foto: Telegram/Kusherbayev
Yashnobod tumanidagi Yangi Oʻzbekiston bogʻining roʻparasida daraxtlar yondirilib, kesib tashlandi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayevning Toshkent shahar prokuraturasiga tayanib xabar berdi.
Yashnobod tumanidagi “Musamuxamedova-Djurayeva Dilfuza” fermer xoʻjaliga tegishli maydonda jami 533 tup, shundan 2 tup yongʻoq, 446 tup olxoʻri, 83 tup terak daraxtlari nomaʼlum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgani aniqlangan.

Foto: Telegram/Kusherbayev
Holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Yashnobod tumani IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.