Foto: Medium.com
Amerikalik astronomlar Yerga eng yaqin masofadagi qora tuynukni aniqladi. Bu haqda "The New York Times" xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, qora tuynuk Yerdan 1,6 ming yorugʻlik yili uzoqlikda, "Ophiuchus" yulduz turkumida joylashgan: hozirgacha aniqlangan keyingi eng yaqin qora tuynuk "Monoceros" yulduz turkumida, taxminan 3 ming yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan edi.
Ushbu yangi qora tuynukni Somon yoʻli galaktikasida oldinroq aniqlangan 20 ga yaqin boshqalaridan ajratib turadigan narsa, Yerga yaqinligidan tashqari, u umuman harakatsiz — yaqin atrofdagi yulduzlarni halokatga uchratmaydi va ularni yutib yubormaydi.
Maʼlumot uchun, har bir galaktikada Quyoshdan millionlab marta kattaroq boʻlgan oʻta massiv qora tuynuklar mavjud. Olimlar ularning qayerdan kelgani haqida aniq fikrga ega emaslar. Kichikroq qora tuynuklar termoyadroviy hayoti tugagan, soʻngan yulduzlardan hosil boʻladi deb taxmin qilinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling