Qashqadaryoda yong'inni o'chirishga ketayotgan FVB mashinasi avariyaga uchradi

Holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yongʻinni oʻchirishga ketayotgan FVB mashinasi yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat FVB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, soat 18:25 larda FVB qutqaruv xizmatiga Shahrisabz shahar “Katta navqat” koʻchasida daraxt yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Shundan soʻng ISUZU rusumli yongʻin-qutqaruv mashinasi voqea joyiga harakatlanib borayotgan vaqtida shaharning Ipak yoʻli va Taragʻay Bahodir koʻchalari chorrahasida qarama-qarshi yoʻnalishdan harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan.

Natijada Cobalt avtomobili haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar