Foto: Videodan lavha
Fargʻona viloyatida 2 ta Shacman va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 29-dekabr kuni soat 10:29 da sodir boʻlgan. Unga koʻra, viloyat FVBga Fargʻona—Andijon avtomobil yoʻnalishida harakatlangan 2 ta Shacman va Isuzu yuk mashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Hodisa oqibatida Isuzu haydovchi yuk mashina saloni ichida qisilib qolgan.
Voqea joyiga zudlik bilan FVVning hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari, YPX, tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan.
Qutqaruvchilar maxsus gidravlik asbob-anjomlar yordamida qisilib qolgan haydovchini sogʻ-omon yuk mashina ichidan chiqarib olgan va birinchi tibbiy hamda psixologik yordam koʻrsatish maqsadida tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling