Foto: Al-Masri Al-Youm
Misr shimolida, Dakaxliya provinsiyasida avtobus daryo kanaliga borib tushib ketdi, deb xabar bermoqda "Al-Masri Al-Youm".
Ma'lum qilinishicha, hodisa oqibatida 20 kishi halok boʻlgan, 16 kishi tan jarohati olgan. Baxtsiz hodisaga boshqaruvdagi nomutanosiblik sabab boʻlgan, shu sababli haydovchi boshqaruvni yoʻqotgan.
Nashrning yozishicha, haydovchi avtobusdan sakrab chiqib, hayotini saqlab qolgan. Avtomobilning oʻzi yoʻlda agʻdarilib, El Mansur va Mit-Gamr shaharlari orasidagi avtomagistral yonidan oʻtuvchi kanalga qulagan. Mahalliy aholi jabrlanganlarga yordamga kelgan. Avtobusda jami 45 dan ortiq yoʻlovchi boʻlgan.
Ayni paytda favqulodda xizmatlar qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling