Samarqandda o'quvchini kaltaklagan o'qituvchiga chora ko'rildi

Oʻquvchining onasi hech kimga daʼvosi yoʻqligini bildirgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Samarqandda darsda oʻzini tuta olmay oʻquvchini kaltaklagan oʻqituvchiga chora koʻrildi. Bu haqda viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur voqea 16-dekabr kuni Samarqand shahridagi 21-umumtaʼlim maktabida geografiya darsida sodir boʻlgan. Holat yuzasidan maktabning navbatdan tashqari pedagoglar kengashi yigʻilishi oʻtkazilgan.

Kengash bayonnomasiga koʻra, oʻqituvchisi geografiya darsida koptok tepib oʻynab oʻtirgan oʻquvchini darsga xalaqit bermasligi yuzasidan bir necha bor ogohlantirgan va sinf xonasidan chiqarib yuborgan. Shundan soʻng oʻquvchi sinfga derazadan kirib oʻqituvchini sensirab haqorat qilgan. Ushbu holatdan keyin oʻqituvchi oʻzini toʻxtata olmay bolani kaltaklagani aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan 21-umumtaʼlim maktabi geografiya fani oʻqituvchisiga xalq taʼlim vazirining 2022-yil 28-iyunda qabul qilingan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ni qoʻpol ravishda buzgani uchun hayfsan intizomiy chorasi qoʻllanilgan.

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi oʻqituvchi va oʻquvchining onasi bilan alohida-alohida suhbatlashgan. Suhbat davomida oʻqituvchi bunday holat boshqa qaytarilmasligini oʻz ishidan pushaymonligini bildirgan. Oʻquvchining onasi esa bolasining shoʻxligini taʼkidlab, hech kimga daʼvosi yoʻqligini maʼlum qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling