Jizzaxda o'zini o'ldirmoqchi bo'lgan odam qutqarib qolindi

Ushbu fuqaro bilan mutaxassis psixologlar ish olib bormoqda

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Jizzax shahrida o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan erkak qutqarildi, deb xabar berdi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Ma'lum bo'lishicha, 9-avgust kuni soat taxminan 8:10 da Jizzax shahridagi “Istiqlol” bolalar bog'i hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari metall to'siqqa arqon bog'lab, o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan erkakni ko'rib qolgan va uni noto'g'ri qadam tashlashdan qaytargan.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxs 37 yoshda ekani aniqlangan.

“Hozirgi kunda mutaxassis psixologlar tomonidan fuqaro bilan psixologik ishlar olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling