Rosssiyanbing ko'plab shaharlarida harbiy safarbarlikka qarshi namoyish harakatlari boshlandi. Bu haqda "OVD-Info" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik e'lon qilganidan so'ng mamlakatning qator shaharlari aholisi ushbu harakatga qarshi namoyishlarlar o'tkazgan.
Ma'lum qilinishicha, 38 ta shaharda o'tkazilgan mitinglarda 1240 dan ortiq kishi hibsga olingan.
Xabarga ko'ra, hibsga olishlar asosan Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Perm, Ufa, Krasnoyarsk, Chelyabinsk, Irkutsk, Voronej, Korolev, Novosibirsk, Arxangelsk, Yakutsk, Petrozavodsk, Ulan-Ude, Jeleznogorsk va boshqa shaharlarda yuz bergan.
"Mening harbiy yoshdagi ikki farzandim bor. Men ularni yolg‘iz o‘zim tarbiyalaganman. Men qarigan chog‘imda yolg‘iz qolishni istamayman", — deydi namoyishchilardan biri.
Ma'lumotlarga qaraganda, politsiya hodimlari ko'p hollarda aholini kuch ishlatish yo'li bilan hibsga olgan.
"Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar ushlanib, tergov va jinoiy
javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlarining hududiy
bo‘linmalariga yetkazildi", — deyiladi agentlik xabarida.
Moskva
prokuraturasi rossiyaliklarni mitinglarda qatnashish va ularni
bildirishnomasiz tashkil qilish uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik
borligi haqida ogohlantirgan. Shuningdek, qoidabuzarlar 15 yilgacha
ozodlikdan mahrum etilishi haqida ma'lum qilgan.