O'zbekistonlik "insta-bloger" reklama uchun sher va timsohdan foydalandi

Ekologiya qoʻmitasi bu holatga hozircha rasmiy munosabat bildirmadi

Foto: instagram

Foto: instagram

Instagramʻda “gogi_chogoshvili” nomi ostida faoliyat yurituvchi fuqaro oʻzining sahifasidagi "Stories"larida, sher bolasi hamda timsoh bolalari bilan oʻynab oʻtirgan jarayonlarini joylashtirgan. Bu haqda "Ekologuz" telegram kanali xabar qildi.

Maʼlumotlarga koʻra fuqaro ushbu hayvonlardan kiyim-kechak do'konini reklama qilishda foydalangan. 

Oʻzbekiston qonunchiligiga asosan yovvoyi hayvonlarni boqish faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan ruhsatnoma asosida boqiladi. Shuningdek, yovvoyi hayvon saqlashning bir qancha talablari ham bajarilishi shart etib belgilab qo'yilgan.

Jumladan, yovvoyi hayvonlarni (bedanadan tashqari) umumiy mulkdan foydalaniladigan (zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yerto‘lalar, o‘tiladigan dahlizlar), umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ruxsatnomasisiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish, quturishga hamda odam va hayvonlar uchun umumiy xavfli bo‘lgan boshqa alohida zoonoz kasalliklariga qarshi emlanmagan hayvonlarni saqlash,yovvoyi hayvonlarni tajovuzli xatti-harakatlarga undash taqiqilanadi.

Ekologiya qoʻmitasi bu holatga hozircha rasmiy munosabat bildirmadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling